ajab
bilan ulashing
1. Ajablanarli, hayron qolarli.
-
Ajab savdolar.
-
Ajab Hirot ekan! Halvofurushi ham shoir. Oybek, Navoiy
2. (Yakka holda) Ajablanishni bildiradi; taajjub, qiziq.
-
Bir necha qadam bosib, orqasida qolgan darvozaga qaradi-da, bu yerda goʻzal qiz Oyposhsha yashaganini esladi. — Ajab, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ajabkim, muqaddas narsalar yonma-yon boʻlarkan. Gazetadan
3. sheva Xoʻp, boʻpti.
-
Polvon, Madrayim qorani chaqir — Ajab, ogʻa. J. Sharipov, Xorazm
ajab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ajab boʻldi (yoki boʻpti)
-
..gazetada chiqqan felyetonni koʻrgan Hafiza.. ajab boʻlibdi, dermikin? Yoki achinarmikin? Mirmuhsin, Umid
Ajab qildi
-
- Chiyillama, — dedi hayqirib Yoʻlchi. Yoʻlchining javobiga odamlar sekingina kulishib, ajab qilding deganday, bir-birlariga maʼnoli qarab olishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ajab emas
-
Endi shifoni yolgʻiz ollodan soʻra.. Ajab emas, shifo bersa. Oybek, Tanlangan asarlar
-
..bu maqol shu choʻllarda toʻqilgan boʻlsa, ajab emas. J. Sharipov, Xorazm
-
Sovuqni qarang, qor yogʻib qolsa ham ajabmas. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Vo ajab(o)
-
[Boy oʻz-oʻziga dedi:] Vo ajabo, bu kim boʻldi? Choʻrimi yoki bir ofatijon farishtami? Hamza , Boy ila xizmatchi.
AJAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЖАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ajab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar