sahifa
bilan ulashing
1. Kitob, daftar va shu kabilar varagʻining har bir tomoni; bet.
-
Daftarning sahifasi.
-
Hammasi boʻlib besh sahifali hikoyachaga yuz ellik sahifa qogʻoz qoralangan. Gazetadan
-
Mutrib xatchoʻp solingan bir sahifani ochdi-yu, oʻqi! dedi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Varaq betidagi matn.
-
Narzi choʻntagidan gazeta olib, uni chiroqqa tutib, sahifalariga koʻz yugurtirdi. N. Safarov, Olovli izlar
3. Gazeta, jurnal va shu kabilarning maʼlum masalaga bagʻishlangan yoki biror umumiy mavzu bilan bogʻlangan bir beti.
-
Gazetaning adabiyot sahifasi. Sheʼr sahifasi.
-
Ahmedov sahifadagi materiallarni koʻzdan kechirgach, umumiy sarlavhani tovush chiqarib oʻqidi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Davomli butun bir hodisa, hayot va shu kabilarning ayrim davri.
-
Shoir hayotining shonli sahifalari. Tarix sahifalari.
-
Toshkent festivali uch qitʼa kinematografchilari ijodida yorqin sahifalar ochayotir. Gazetadan
-
Yangi yil hayotimizga kirib kelishi bilan olam yangilangandek boʻladi — tarix solnomasining yana bir yangi sahifasi ochiladi. Gazetadan
SAHIFA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САҲИФА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sahifa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar