qarta
bilan ulashing
Otning yogʻli yoʻgʻon ichagi va undan maxsus tayyorlangan, koʻpincha yaxna qilib yeyiladigan taom.
-
Shoyi kiydim, kimxob kiydim, ustimda yoʻq, Qazi bilan qarta yedim, qornimda yoʻq. Maqol
-
Qazi, qarta, sirkalangan va tuzlangan sabzavotlar esa qish oylarida tanovul qilinadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
1. Surati yoki xollari bilan bir-biridan farq qiladigan bir toʻp maxsus oʻyin varaqchalari va uning har bir varaqchasi.
-
36 varaqli qarta. Qarta oʻyini. Qartani boʻlmoq.
-
Qarta chilib oʻtirgan odamni koʻrsatib: — Mashhur Yoʻldosh karvon shu odam boʻladilar, — dedi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Ekskavatorchilar stol atrofini oʻrab, papiros tutuni ichida qarta oʻynashayotgan ekan. A. Muxtor, Tugʻilish
2. s.t. q.x. Yaxlit bir boʻlak yer yoki ekin maydoni.
-
Majlisning oxiri shu xildagi gʻoʻzalar koʻproq boʻlgan Qambarali aka brigadasining uchinchi qartasiga koʻchirildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hali siz kuzni gapirasiz, hozirgisini ayting, uvatini oʻt bosmagan qartamiz juda oz. N. Safarov, Jasoratning davomi
QARTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar