markaziy
bilan ulashing
1. mat. fiz. Markazga oid, markazda joylashgan.
-
Markaziy nuqta.
2. Boshqa oʻziga oʻxshash obʼyektlar markazida, oʻrtasida joylashgan.
-
Markaziy koʻcha.
-
Bugungi kunda markaziy posyolka gavjumlashib qoldi. Gazetadan
3. Asosiy, muhim.
-
Markaziy masala. Markaziy oʻrinni egallamoq.
-
Sattor yumushlarini zudlik bilan toʻgʻriladi-yu, markaziy uchastkaga joʻnab ketdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
4. Quyi tashkilotlarga rahbarlik qiluvchi.
-
Markaziy komitet. Markaziy organ. Markaziy bank.
5. Biror ish, faoliyat sohasidagi kichik mahalliy boʻlimlarni birlashtirib, boshqarib turuvchi; bosh.
-
Markaziy saylov komissiyasi. Markaziy statistika boshqarmasi.
6. Markaz hisoblanuvchi, markaz boʻlgan.
-
Oʻlkamizda bogʻdorchilik shu qadar taraqqiy etganki, yetishtirilgan noz-neʼmatlarni oʻzimiz isteʼmol qilishdan tashqari, qoʻshni mamlakatlarning markaziy shaharlariga ham yuboramiz. Gazetadan
7. Markazga oid, qarashli (
-
Uning ustidan markaziy idoralarga shikoyat bilan toʻlgan uzun-uzun arizalar ucha berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mahalliy va markaziy gazetalardan olingan koʻchirmalar bilan bezatilgan nutqining oʻn minutlik davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi. A. Qahhor, Notiq
markaziy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Markaziy burchak
Markaziy nerv sistemasi
MARKAZIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРКАЗИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
markaziy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar