markaz
bilan ulashing
1. Oʻrtalik, oʻrta yer; holat, mavqe, vaziyat
2. Mat., fiz. Geometrik shaklning oʻq chiziqlari kesishadigan, masalan, shar sirtining barcha nuqtalaridan baravar uzoqlikda boʻlgan nuqta, geometrik yoki fizik nisbatlarning oʻrta nuqtasi.
-
Ellips markazi. Linza markazi. Simmetriya markazi. Ogʻirlik markazi.
3. Biror sath, maydon va shu kabilarning oʻrta qismi; oʻrtasi.
-
Choʻl markazida qad koʻtargan posyolkaga aholi koʻchib kela boshladi. Gazetadan
4. Koʻchma Ahamiyati, mohiyati va shu kabilar jihatdan asos, asosiy hisoblanuvchi joy, qism, oʻrin va boshqalar
-
Asar markazida bisotlaridagi yolgʻiz eshaklarini minib, safarga chiqqan ota va oʻgʻil obrazlari turadi. OʻTA
-
Goʻsht tayyorlash, aholi dasturxoniga goʻsht mahsulotlari yetkazib berishdagi qingʻir ishlar markazida goʻsht kombinatlari turadi. Gazetadan
5. Aholi yashaydigan joyning maʼmuriy binolar, savdo va boshqa muassasalar oʻrnashgan asosiy qismi.
-
Shahar markazi. Qishloq markazi.
-
Qaysi kuni markazdan kelgan vrach Hanifa xolaning kasali rak ekanini aytgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
6. Biror faoliyat sohasida asosiy ish olib boriladigan joy.
-
Matbuot markazi. Ilmiy markaz.
-
Yaqinda Oʻzbekiston atom markazining toʻngʻich inshooti — respublika Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining ilmiy-tadqiqot reaktori ishga tushdi. Fan va turmush
7. Ayn. poytaxt.
-
Toshkent — Respublikamizning markazi.
-
Uning [Musulmonqulning] istibdodi oʻzga shaharlarda uncha sezilmasa ham, markaz — Qoʻqon odamlarini juda toʻydirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
8. Tar. Oliy boshqaruv, rahbarlik organi.
-
Markaz koʻrsatmalariga amal qilmoq.
-
Yopiray, — dedi Mavlon aka oʻziga oʻzi, — nahotki Markazdagilar bunaqa ishlarga indamasa? H. Gʻulom, Mashʼal
9. Fiziol. Nerv hujayralarining organizmning biror faoliyatini boshqaruvchi maʼlum guruhi.
-
Harakat markazi. Nafas markazi. Miya poʻstlogʻi markazlari.
10. Diqqat markazidagi yoki diqqat markazida turgan Asosiy diqqat-eʼtiborni oʻziga tortib turgan.
-
Yolgʻiziʼgʻlini jangga yoʻllash Meʼmor xonadonining diqqat markazida edi. Mirmuhsin, Meʼmor
MARKAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРКАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MARKAZ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MARKAZ so‘ziga berilgan ma’nolar
markaz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
markaz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar