rad
bilan ulashing
rad soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rad bermoq
-
Qilichga bu rad berib, Boshiga siparin tutdi. Shirin bilan Shakar
-
Kaltagini olib hamla qiladi, Kaltakka rad berib Bahrom turadi. Bahrom va Gulandom
-
Rad berarman koʻkdan kelgan baloga. Malikayi ayyor
Rad javobi
-
Qizning rad javobi yigit qalbiga tushib qolgan ishq choʻgʻini shoʻx shamoldek alangaga aylantirardi. F. Musajonov, Nuri
-
Maʼlum boʻlishicha, Zamira, boshqalarga rad javobi bergani uchun, unga ham yoʻq degan ekan. P. Qodirov, Uch ildiz
Rad etmoq (yoki qilmoq)
-
Taklifni rad etmoq.
-
Uning iltimosini rad etish uchun jiddiy asos yoʻq-ku. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Karomat Adhamni qaytargani, kuzatib qoʻyay, deganda taklifini rad qilgani yaxshi boʻldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Etikchi boshini egib, bu hamlani rad qildi, boʻlmasa, boshi tars yorilar edi. S. Ayniy, Qullar
-
Biroq mulla Obid boy va domlalarning qutqusi bilanmi yoki oʻzining diniy taassubi orqasidanmi, baharhol, yerni rad qildi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Raddi balo
-
Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: Hey doʻst, shaydullo banomi allo, sadaqa — raddi balo. A. Qahhor, Bemor
-
Jim tur sen, raddi balo bu, — dedi brigadir shofyorning izidan ergashib. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
-
Butun umidimiz Avazbekdan, deb aytisharkan, toki bu rasvo-yu raddi balo boʻlsa, mening ishlarim chappasiga ketsa. M. M. Doʻst, Lolazor
Raddi maʼraka
-
Rasvoyi raddi maʼraka odam.
RAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar