rangsiz
bilan ulashing
1. Biror rangga ega boʻlmagan; tussiz.
-
Rangsiz suyuqlik.
2. Rangi nomaʼlum, xira.
-
Rangsiz chit.
3. Rangi ketgan, rangi yoʻq.
-
— Sizga bari bir emasmi? — Klara hamon uning qoʻlini qoʻyib yubormas, oydinda chehrasi bir oz rangsiz, ammo jozibali koʻrinardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kaltakesakdek rangsiz, qonsiz mavlono Shahobiddinning kayfi joyida edi. Oybek, Navoiy
4. koʻchma Til yoki uslub jihatidan boʻsh; tussiz.
-
[Abdishukur] Shoirlik isteʼdodidan tamom mahrum boʻlishiga qaramay vazni buzuq, fikri sayoz, rangsiz nazmlar yozdi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Nisbatan ojiz, boʻsh.
-
Uning nazarida, sevgi soʻzi Hayot sevgisi oldida rangsiz, tussiz edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
RANGSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАНГСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rangsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar