rabot
bilan ulashing
1. Mustahkamlangan qoʻrgʻonlar-da soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan maʼlum masofada joylashgan istehkom; qoʻrgʻon.
-
Mirzachoʻldagi har bir daraxt, uy rabot juda koʻp nomaʼlum qahramonlarni tilsiz hikoya qilib berishi mumkin. S. Akbariy, Shodlik davomi
2. Savdo yoʻllaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy.
-
[Navoiy:] Ariq qazmoqdamiz, choʻllarda ish koʻp. Rabot-u Madrasa, yoʻllarda ish koʻp. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
3. Shahardan chetroqdagi turarjoy.
-
Shaharning mehnatkash hunarmandlar yashaydigan yangi qismi — rabotda hayot qaynaydi. M. Aminjonova, Shishaning kashf etilish tarixidan
-
Shuncha yillar ter toʻkib, kimsan — falonchi boʻlamiz, Endi qishloq mengami, rabot bormayman, dedi. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Doʻstim, kechir gunohimni, Borib koʻr manzilgohimni, Oq rabotga eltib seni, Yuvay roʻyi siyohimni. Avazxon
-
Hokim yashaydigan va boshqaruv muassasalari joylashgan ark shahriston hamda uning tashqarisida rabot joylashgan boʻladi. Gazetadan
RABOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАБОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rabot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar