raddiya
bilan ulashing
1. Biror xabar, maʼlumotni rad etuvchi, ularning notoʻgʻriligini yoki asossizligini isbotlovchi rasmiy bayonot.
-
Tashki ishlar vazirligi raddiyasi.
-
[Nusratbek] Oxiri Paygʻamovning oldiga kirib, noroziligini aytib: — Redaksiyaga raddiya yuboraman, — dedi. S. Nurov, Narvon
-
Bir majlisda yo raddiya berib ulgurasan kishi, yo ulgurmaysan. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Sud jarayonida u chiqargan hukmga hech kim raddiya bildirishga haqi boʻlmagan. Gazetadan
-
Isteʼmolchining xukUKlari buzilganda, zudlik bilan korxonaning mansabdor shaxsiga ogʻzaki raddiya bilan murojaatlarning oʻzi isteʼmolchining huquqini tiklash uchun kifoya boʻladi. Gazetadan
2. Rad javobi.
-
Bir yoqdan xushxabar yuragini orziqtirsa, ikkinchi yoqdan raddiya vahmi qalbiga nashtar boʻlib sanchilar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
RADDIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАДДИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raddiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar