radio
bilan ulashing
1. Signal, ovoz kabi axborotlarni maʼlum masofaga elektromagnit toʻlqinlar yordamida Simeiz uzatish va qabul qilish usuli.
-
Radio orqali boshqarish. Radio aloqasi.
-
Radio, kino, televideniye hayotga chuqur kirib borgan hozirgi sharoitda ham badiiy asarlarga ehtiyoj ortib borayotgani shundan dalolat beradi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
2. Fan va texnikaning ushbu usul asosidagi fizik hodisalarni oʻrganish, bu usuldan turli sohalarda keng foydalanish bilan bogʻliq sohasi.
3. Ommaviy axborot vositalaridan biri — matnni va musiqiy dasturlarni eshittirish; radioeshittirish.
-
Ammo Azizxon boʻlayotgan voqealarga beparvo. Kim qancha ishlayapti, radio nimalar deyapti — qiziqmasdi. S. Ahmad, Ufq
-
Uyda radio eshitib oʻtirgan Maqsuda shovqin-suron bilan eshikni taraqlatib ochib, tashqariga otildi. S. Zunnunova, Olov
4. so‘zlashuv tili Radiopriyomnik; reproduktor.
-
Faqat koʻcha betidagi simyogʻochda radio choʻlni boshiga koʻtarib gapirardi. S. Ahmad, Ufq
-
[Yaxshiboyev:] Hozirgi choʻponlar nuqul boʻyniga kichkina radio osib yurishadi. Lekin mening otam doʻmbira chalardi. M. M. Doʻst, Lolazor
RADIO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАДИО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
radio so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar