xo‘p
bilan ulashing
1. tasdiq yukl. Biror ishga rozilik maʼnosini ifodalaydi; mayli, mayliga.
-
[Otabek:] Rahmat, ota, boʻlmasa, bizga choy qaynatib bering-chi! [Hasanali:] Xoʻp, begim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xoʻp, roziman bu dargohdan ketmoqqa H. Olimjon
2. ravish Nihoyat darajada; rosa; juda.
-
Bolalar xoʻp oʻynashdi. Xoʻp yaxshi ish boʻldi-da.
-
— Nevaralaringizga qarab xoʻp quvonasiz-da, oyi, — dedi Komiljon kulib. S. Zunnunova, Hikoyalar
3. Diqqat, eʼtibor bilan, yaxshilab; juda yaxshi.
-
[Jonoy:] Unday boʻlsa, menga bir oz muhlat ber. Men Madaminning gaplariga xoʻp quloq solib, maqsadini bilay. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Soʻzni tanlab soʻzlaganlar — xoʻp bilur soʻz qadrini. S. Abdulla
xo‘p soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoʻp boʻladi
-
— Xoʻp boʻladi,— dedim-u oʻrnimdan turdim. E. Raimov, Ajab qishloq. Xoʻp demoq Unamoq, koʻnmoq, rozi boʻlmoq.
-
[Hayitjon Toʻlaxonga:] Senga nima boʻldi, qizim! Boya xoʻp deganingda, shunchalik beyuzchiliklar boʻlmas edi. Hamza, Paranji sirlari
Xoʻp boʻpti
XO‘P so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХЎП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xo‘p so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar