xo‘rak
bilan ulashing
1. Yeyish mumkin boʻlgan narsa; yemish, ovqat.
-
Aqlli odam qish gʻamini yoz yer, Kecha boʻlsa, xoʻragini oz yer. Maqol
-
Dasturxonda turfa noz-neʼmatlar — xoʻraklar: palov, nisholda, holva T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
-
Yaqinlarda tabiblarga koʻrsatgan edim, qoningiz oz, qimiz iching, xoʻrak oldidan mayiz isteʼmol qiling, deb kengash berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Mol, hayvon, parranda ovqati (yem, don va shu kabilar).
-
Koʻyga xoʻrak bermoq.
-
— Nega xoʻrakka terib tashlagan bezdek boʻzrayib turibsan? — dedi Mavlon. B. Rahmonov, Mardlar qissasi
3. so‘zlashuv tili Xoʻra.
xo‘rak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoʻrak qilmoq
-
— Xoʻrak qildingizmi? — dedi [Kumush Otabekka]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
XO‘RAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХЎРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xo‘rak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar