o‘rmala
bilan ulashing
1. Yurmoq (hasharotlar haqida).
-
Qoʻngʻiz oʻrmalaydi. Qirqoyoq oʻrmalab ketmoqda. Dahadan turgan qurtlar barg qidirib oʻrmalamoqda.
-
Adirda bir chumoli Oʻrmalasa, u bobo. Q. Muhammadiy.
2. Xuddi shunday yurish qilmoq, sudralib yurmoq; emaklamoq.
-
Tanklar dalaga yoyilib, oʻt pishqirib, har yoqdan oʻrmalab kelardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Bektemir dushman mudofaasiga yaqin joydan oʻrmalab kelgan bir tankistning betiga qarashga botina olmadi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Uzoqdagi adirning yonbagʻrida bir nima oʻrmalab kelyapti. O. Yoqubov, Izlayman
3. Yuqoriga tomon tirmashmoq, yopishib chiqmoq, koʻtarilmoq.
-
Elmurod qalbiga miltiq tovushlari bilan kirayotgan quvonch taʼsiridan hovliqib, tom ustiga oʻrmaladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Bolalar] Goh tik qoyaga oʻrmalar, goh ilon izi boʻlib ketgan soʻqmoqdan pastlikka — daraga tizilishib tushib borishardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
4. Mildirab oqmoq, jildirab oʻtmoq (suv, tomchi haqida).
-
Tagidan suv oʻrmalagan har tup gʻoʻza tirilmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Ota chuqur tin oldi. Ich-ichiga botib ketgan koʻzlaridan yosh oʻrmalaydi. A. Quronboyev, Oriyatsiz oʻgʻil
O‘RMALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРМАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rmala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar