o‘rkach
bilan ulashing
1. Tuyaning orqa sirtida bitga yoki ikkita boʻladigan, qalin yogʻ qatlamidan iborat doʻng oʻsimta.
-
Uni [tuyani] hech kim qistamaydi, yetaklamaydi ham, xuddi mashinaday, oʻz ishini oʻzi biladi: oʻrkachlarini dirkillatib loʻkillaganicha, bir yoʻldan tinmay borib-kelib turadi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Nor oʻrkachin tushirar esga Daryo boʻyidagi tepalar. E. Rahim
2. koʻchma Tepalik, togʻ va shu kabilarning oʻrkachga oʻxshash joyi.
-
Qirning oʻrkachi nari chetda yuksalgan togʻning beliga yetib turar edi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
-
Uzoqdan qorayib koʻrinib turgan togʻ oʻrkachiga toʻlin oy minib oldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Mavze cheti oʻrkach qirlarga tutash. A. Ibodinov, Latofat doʻkonidagi qatl
O‘RKACH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРКАЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rkach so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar