o‘rinli
bilan ulashing
1. Miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, shu soʻzlar bildirgan miqdorda oʻringa egalikni bildiradi; oʻringa ega, oʻrni bor.
-
Toʻrt oʻrinli engil mashina. Olti yuz oʻrinli zal. Ikki yuz oʻrinli kasalxona.
-
Sherzod yotgan yettinchi palata ikki oʻrinli edi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
2. Haqiqatni ifodalaydigan, adolatli; asosli, toʻgʻri.
-
Oʻrinli mulohaza. Oʻrinli fikr. Oʻrinli maslahat.
-
Hasan soʻfi bilan Alim buva Qudratning oʻrinli gaplarini jon quloqlari bilan tinglashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Joiz, munosib.
-
Shuni aytib oʻtish oʻrinliki, bu munosabatning mohiyati haqida oʻzbek tilshunosligida fikr bayon qilinmagan. OʻTA
4. Oʻz joyida, oʻrni bilan, zaruriyatga koʻra; toʻgʻri.
-
Oʻrinli xarajat. Oʻrinli sarf. Mineral oʻgʻitlarni oʻrinli ishlatmoq.
O‘RINLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРИНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan O‘RINLI so‘ziga berilgan ma’nolar
o‘rinli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
o‘rinli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar