o‘rindiq
bilan ulashing
1. Oʻtirish uchun moʻljallangan maxsus moslama (masalan, stul, kreslo, divan va shu kabilar).
-
Oʻrindiqda oʻtirgan qiz sakrab yerga tushdi. M. Nazarov, Sirli xat
-
Mehrixon opa ingraganicha Moskvichning orqa oʻrindigʻida yotardi. N. Qobil, Bemorlar
-
— Xizmat? —
-
dedi Karimiy darvoza ostidagi taxta oʻrindiqqa puflab va Bashirjonni oʻtirishga taklif etdi. N. Aminov, Suvarak
2. Shunday narsalarning orqa (ket) qoʻyib oʻtiriladigan joyi, qismi.
-
Yodgorning koʻz oʻngi qorongʻilashdi-yu, yiqilib qolmaslik uchun, stul oʻrindigʻini changallab oldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
O‘RINDIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРИНДИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rindiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar