o‘rim
bilan ulashing
1. Bugʻdoy, beda kabi ekinlarni yoki oʻt-oʻlanlarni poyasi tagidan yoppasiga chalgʻi, oʻroq va kombaynda qirqib olish; oʻrish.
-
Gʻalla oʻrimi. Birinchi oʻrim. Oʻrim asboblari.
-
Pastdagi boʻlimlarning ekini oʻrimga kelmay, mol qoʻyib yuborishdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Betob ekan. Kun issiq, yana oʻrimga chiqibdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
2. Shunday ishlar mavsumi.
-
Nusratbek pichan oʻrimiga vakil boʻlib, chorvador rayonga borib, Ahmad brigadirnikiga oʻtdi. S. Nurov, Narvon
Tolasini yoki bir necha tutamini birga qoʻshib oʻrilgan har bir boʻlak; oʻrib tayyorlangan narsa.
-
Soch oʻrimi. Arqon oʻrimi.
-
Eshonning achchigʻi kelib, qamchining oʻrimidan ushlab bir kalning kallasiga qoʻyib yubordi. Zulfizar bilan Avazxon
-
Ashurxon qoshlarini bir oz chimirganicha, bir oʻrim sochining uchini oʻynab, indamay oʻtirardi. S. Zunnunova, Olov
-
Baland peshonasining ikki chetini sochlari bekitgan, oʻrimga kirmay qolgan ingichka soch tolalariga shabada tegib, muloyim qimirlab turadi. P. Qodirov, Uch ildiz
O‘RIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar