o‘rgil
bilan ulashing
1. Yuksak hurmat, sadoqat va sevgi tufayli butun borligʻini baxsh etmoq, fido qilmoq, qurbon qilmoq.
-
Zarari yoʻq, Maxsum, shariatdan oʻrgilsak ham arziydi. Siz bilan menga oʻxshash ahli moʻminlarga istaganimizcha yoʻl topib beradi. Mushtum
2. (buyruq mayli shaklida — Oʻrgilay, oʻrgilsin) Nihoyatda yoqtirish, mehribonlikni ifodalaydi.
-
Voy, qomatingdan onang oʻrgilsin!
-
Oyogʻingga nima qildi? Kir, kir tezroq! Bu yoqqa, oʻrgilay A. Qahhor, Asarlar
-
Yuzing yorugʻ boʻlibdi, bolam, voy, oʻrgilay sendan. Gazetadan
-
Senga yetolmay oh urganlar qancha, ammang oʻrgilsin! Yoshlik
3. 1-shaxs birlik shakli (— oʻrgildim) Yoqtirmaslik, eʼtiroz kabi munosabatni ifodalaydi.
-
E, oʻrgildim oʻsha zarur ishidan, nima, biz bekorchimizmi? Mushtum
-
— E, savlatingdan oʻrgildim! — dedim ichimda. Bu kasalxonaning sartaroshiki shu qadar poʻrim boʻlsa, professori qanaqaykin? N. Aminov, Suvarak
o‘rgil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aylanib oʻrgilmoq
-
Oʻzbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olgan, yuzidan shap-shap oʻpib, aylanib-oʻrgilar va tikilib-tikilib, nima uchundir, yigʻlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Quling oʻrgilsin
-
Yozda anavi tolning tagida quling oʻrgilsin bitta choyxona ochib, turli ovqatlar tashkil qilamiz. N. Aminov, Suvarak
O‘RGIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРГИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rgil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar