o‘rgan
bilan ulashing
1. Bilim, kasb, ish va shu kabilarni oʻzlashtirmoq, egallamoq, bilib olmoq.
-
Birovdan ish oʻrganmoq. Shaxmat oʻyinini oʻrganmoq. Hunar oʻrganmoq. Oz-ozdan oʻrganib olim boʻlar. Maqol.
-
Ishni oddiy betonchilikdan boshlagan oʻsmir asta-sekin kerakli kasblarning hammasini oʻrganib oldi. Gazetadan
-
Oʻtgan yarim asrlik murabbiylik davrim men uchun ham katta hayot darsxonasi boʻldi, koʻp narsa oʻrgandim. Gazetadan
2. Siri, mohiyati, mazmuni va shu kabilarni aniqlash, belgilash maqsadida tekshiruv, kuzatuv, tahlildan oʻtkazmoq.
-
Bu dalillarni sinchiklab oʻrganib, Quyoshning nisbatan tinch paytida kosmik nurlanish yerdan uzoq joylarda kishi uchun xavfli boʻlmasligi kerak, degan xulosaga kelish mumkin. Fan va turmush
-
Sibirlik arxeologlar trassa boʻylab qazishmalar chogʻida chiqqan tosh asr qurollarini oʻrgandilar. Gazetadan
-
respublikamizdagi qadimiy konlarga doir adabiyotlarni ikki-uch yildan buyon sinchiklab oʻrganayotgan edi. S. Karomatov, Oltin qum
3. Gʻayritabiiy, noqulay kabi tuyilmaydigan holga aylanmoq, shunday sezilmoq, qabul qilmoq.
-
Xalq bunga haqli edi, chunki bunday tinchsizliklarni koʻra-koʻra juda oʻrganib qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bular orasidagi betakalluf muomala va munosabatga odamlar oʻrganib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Odat qilmoq
-
Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas. Maqol
-
Toʻqqizinchiga oʻtguncha ichishni, chekishni oʻrgandim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5. Oʻzini yaxshi aloqada tutmoq, moslashmoq, bogʻlanib (oʻziniki boʻlib) qolmoq.
-
Bu toʻriq menga juda oʻrgangan. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Xola bir-ikki kun ichida yangi sharoitga oʻrgandi, qoʻshnilar bilan tanishdi. Guldasta
O‘RGAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРГАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rgan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar