muallaq
bilan ulashing
1. Havoda, biror narsaga tegmay, osilmay turib qolgan.
-
Hozirgina don ortib oʻtgan mashina orqasidan koʻtarilgan chang havoda muallaq turib qoldi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Bir bechora soʻfiturgʻay, tabiat kashf etgan oʻxshashliklarning farqiga yetmayotganday, havoda muallaq turib vijirlaydi. N. Fozilov, Oqim
2. Na u yoqli, na bu yoqli boʻlmagan, arosat holda(gi); arosat.
-
Bu hammasi hayotning eng nozik, eng muhim tomonlari edi va hammasi muallaq bir ahvolda yotardi. P. Qodirov, Uch ildiz.
-
U qayoqqa yon bosishni bilmay, qoq oʻrtada muallaq boʻlib qoldi. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi.
muallaq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Muallaq oshmoq
-
Birovi yiqildi muallaq oshib. Gulixiromon
MUALLAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУАЛЛАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MUALLAQ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MUALLAQ so‘ziga berilgan ma’nolar
muallaq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
muallaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing