muammo
bilan ulashing
1. ad. Oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy janr, poetik sanʼat turi. Unda biror soʻz, ism (yoki ularning bosh harflari), sana va boshqalar yashirib beriladi.
-
Navoiy muammolari. [Otam] Muammo, abjad hisobi va baʼzi voqealarni bilishga bogʻliq boʻlgan sheʼrlarni koʻp bilardi. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Tushunib boʻlmaydigan, jumboqli narsa; jumboq.
-
Kumushning zaharli muammo maktubi bir sira Otabekning koʻz oʻngidan oʻtib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ha, ogʻayni, dunyoda anglashilishi qiyin boʻlgan muammolardan hech birini sevgiga tenglashtirib boʻlmaydi. S. Karomatov, Oltin qum.
3. Hal qilinishi lozim boʻlgan narsa; masala, problema.
-
Asarda katta muammolar koʻtarilgan. Suv chiqarish muammosi hal boʻlib, texnikadan yaxshi yordam koʻrsatilsa, biz mehnatdan charchamaymiz. F. Nurullayev, Boʻz yigit
-
Demak, Orol muammosi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan muhim vazifa boʻlib qolmoqda. Fan va turmush
MUAMMO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУАММО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MUAMMO so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MUAMMO so‘ziga berilgan ma’nolar
muammo so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
muammo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar