o‘pish
bilan ulashing
1. Oʻpmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Bu gal el-yurt oldida oshkor, tortinmay uzoq oʻpishdilar. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Koʻrishib, oʻpishib, obdan yigʻlashib boʻlganimizdan keyin, hammamiz chuvullashib yoʻlga tushdik. E. Raimov, Ajab qishloq
2. koʻchma Bir-biri bilan tutashmoq, bir-biriga ulanib turmoq.
-
Oldimizda Oloy togʻining choʻqqilari ufq bilan oʻpishib yotibdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Yoshlarning tiniq ovozi koʻk bilan oʻpishgan azim daraxtlar oralab oʻtib, keng atrofga taralmoqda edi. Gazetadan
o‘pish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻiz-burun oʻpishmoq
-
Gʻiyosiddin tilmochlik qilib yurgan kezlarda shaharning kazo-kazolari bilan ogʻiz-burun oʻpishib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Paxtasi oʻn besh kun oldin ochildi-yu, uni maqtamay, meni maqtasinmi? Ammo oʻzi ham akademik bilan naq ogʻiz-burun oʻpishib qoldi-da! O. Yoqubov, Diyonat
O‘PISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎПИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘pish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar