o‘pir
bilan ulashing
1. Oʻyib, buzib yubormoq; maʼlum qismini uchirib yoki oqizib, yulib ketmoq; yemirmoq.
-
Suv toʻgʻonni oʻpirib yubordi.
-
Daryo qaynar, toshar, koʻpirar, Toʻnka ostin yalab oʻpirar. Mushtum
-
Ergash toʻp snaryadi oʻpirgan chuqurga tushib yotdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Toʻp oʻqlari qalaning peshtoqlarini oʻpirib tushsa ham, qala ustiga oʻrmalab chiquvchi azamat boʻlmadi. J. Sharipov, Xorazm
2. koʻchma Koʻp qismini yoki butunlay oʻzini yoʻq qilmoq; oʻmarmoq, oʻzlashtirmoq.
-
Xirmondagi bugʻdoyni oʻpirib yuborishibdi.
-
Butun boshli qurilishning bir yogʻini oʻpirib olgan Vladimir Chekmarov, qarasa boʻlmaydigan, iliq-issigʻida oʻzini panaga olmoqchi boʻldi. Mushtum
-
Dadaxoʻjayev bir yilgina ishlaganda, kolxozning butun mol-mulkini oʻpirishi turgan gap edi. Gazetadan
O‘PIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan O‘PIR so‘ziga berilgan ma’nolar
o‘pir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
o‘pir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing