o‘nqir-cho‘nqir
bilan ulashing
Yuzasini chuqurliklar va doʻngliklar qoplagan; baland-past, notekis, oʻydim-chuqur.
-
Foytun Tozabogʻ darvozasiga qarab yana tez-tez past-baland, oʻnqir-choʻnqir yoʻllardan oʻtib borardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Yoʻlning koʻpi qir va soylik, oʻnqir-choʻnqir boʻlgani uchun, tuyalar chayqalib-chayqalib borar, bundan mening boshim aylanib, koʻnglim ozar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Qoyalar ostida, tepalar tagida, oʻnqir-choʻnqirlarda yashirinib qolgan qor parchalari bahor quyoshining issiq nafasi bilan qozonga tushgan yogʻdek erib, koʻz ilgʻamas jilgʻalarni toʻldirgan holda, soy tubiga ravona boʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
O‘NQIR-CHO‘NQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎНҚИР-ЧЎНҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘nqir-cho‘nqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar