o‘p
bilan ulashing
1. Erkalash yoki sevgi-muhabbat ifodasi sifatida kimsaning biror yeriga lablarini tegizmoq, oʻpich olmoq.
-
Bolani oʻpmoq. Peshonasidan oʻpmoq.
-
Avaz xotinini boladay qoʻllariga koʻtarib oldi-da, koʻzlaridan, qoshlaridan oʻpdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Normat onasini quchoqlab oʻpdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Hurmat, sadoqat yoki eʼzozlash ifodasi sifatida muqaddas, aziz sanalgan narsaga lablarini tegizib qoʻymoq.
-
Ona-Vatan tuprogʻini oʻpmoq. Bayroqni oʻpmoq.
3. koʻchma Biror narsaga yengil-yengil tegmoq, urilmoq.
-
[Kumushning] Bu kungi sovuqqa qarshi qilib olgan savsar poʻstinining yoqaligi kishining hasadini orttirib, nafis baqbaqalarini oʻpib yotar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yel qitiqlab, oʻpib qochdi Chechaklarning yaprogʻidan. Gʻayratiy
o‘p soʻzi qatnashgan jumlalar:
Onasi oʻpmagan
-
Puling boʻlsa onasi oʻpmagan malika qizlar senga quchoq ochadi. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘P so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘p so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar