o‘pka
bilan ulashing
1. anat. Odam va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning koʻkrak qafasi ichiga joylashgan bir juft, konus shaklidagi nafas olish aʼzosi.
-
Oʻpka kasalligi, Oʻpkaning yalligʻlanishi.
-
Oʻpkasiga havo toʻldi, koʻzlari ham yorishib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Kuzning yoqimsiz shamoli oʻpkani qichitib, yoʻtalni qistatar A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. s. t. koʻchma Oʻzini bosolmaydigan, hovliqma shaxslarga nisbatan, odatda, ularning ismiga qoʻshib (tirkab) ishlatiladi.
-
Jumaboy oʻpkadan har baloni kutsa boʻladi. Agar oʻpkaligi qoʻzib, kamar bilan Suyarqulning miyasiga solib qolsa bormi A. Koʻchimov, Halqa
3. Hayvonlarning shu aʼzosi (ovqat sifatida).
-
Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi (oldingdagi) oʻpka yaxshi. Maqol
o‘pka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻpkasi yoʻq
-
Ishqilib, yurtimiz ishi mana bunday oʻz qadrini bilmagan, oʻpkasi yoʻq toyloqchalarga qolmasin-da Mirmuhsin, Supurgiga sajda
Oʻpkasi koʻrinmoq
-
Malikaxon desa, oʻpkangiz koʻrinadigan boʻlibdi-yu, sir boy bermaganingizga oʻlaymi?! F. Zohid, Oshiq va maʼshuq
-
Bir tirnoq koʻrsam, deb oh ursa, oʻpkasi koʻrinadi. K. Yashin, Hamza
Oʻpkasi (ogʻziga) tiqilmoq
-
Hovliqqanimdan halloslab, oʻpkam tiqilib qolgan ekan, buvim jon holatda divandan turib ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
-
— Tinchlik emas, — dedim oʻpkam ogʻzimga tiqilib. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Oʻpkasi toʻlmoq
-
Cholning tovushi oʻzgardi, oʻpkasi toʻldi shekilli, birpas tek qolib, keyin gapirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. [Tohir] Negadir oʻpkasi toʻlib, koʻziga yosh keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
— Azizim Hayotim, nima boʻldi? — dedi Gʻulomjon oʻpkasi toʻlib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Oʻpkasi shishmoq
-
Barchasi charchadi, oʻpkasi shishdi. Bahrom va Gulandom
Oʻpkasini bosmoq
-
U kuli bir enlik sigaretini jahl bilan chertib tashladi-yu, oʻpkasini bosibroq davom etdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Koʻzingni shira bosmasin, akasi, oʻpkangni bosib olgin-u aqlingga rivoj ber. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Hoʻ, sal oʻpkangizni bosib oling, tinchlikmi oʻzi? Mushtum
Oʻpkasinitutolmaslik
-
Normat ham oʻpkasini tutolmadi, ammo [ona] bagʻridan chiqib, safga borib qoʻshildi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Otangdan soʻra, bolam, — deya oʻpkasini tutolmay yigʻlab yubordi Jahon buvi. K. Yashin, Hamza
Oʻpkasini qoʻltiqlamoq
-
Shu payt kuyov stol ostidan emaklab oʻtdi-yu, oʻpkasini qoʻltiqlagancha quyon boʻldi. Mushtum
-
Isqirt boʻlib, laqillab yuramanmi, dedim-da, orqamdan oʻpkasini qoʻltiqlab yurgan Maxzumovga turmushga chiqib oldim. Gʻayratiy, Dovdirash
O‘PKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎПКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘pka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar