o‘pqon
bilan ulashing
1. Suvni tortib ketadigan, yer ostidagi koʻrinmas chuqurlik, gʻovak, boʻsh joy.
-
Ariqning tagidan oʻpqon chiqqan ekan, kattarib-kattarib, ustidagi tuproqni ham qulatib tushiribdi. P. Qodirov, Yaxshilik
-
Xarsanglar tagidan oʻziga yoʻl topgan suv betida oʻpqonning voronkaga oʻxshash girdobi aylanar edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Oqsoyning tagi tubsiz, oʻpqonlari bor. Uni toʻxtatib boʻlmaydi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Girdob, iskanja; qamrov, qurshov.
-
Xotinlar paydo boʻlishi bilan qayta boshdan kuch olgan janjal oʻpqoni uni tobora oʻz zaptiga torta boshladi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
o‘pqon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nafsi (yoki jigʻildoni) oʻpqon
-
Ogʻaynilar, aytgan soʻzim lof emas, Nafsim oʻpqon, qop emas Mushtum
-
Bu yil oʻpqonga aylangan jigʻildonning moʻrisini kelasi yil yanada kengaytirib, gʻorga aylantirmoqchi. Mushtum
O‘PQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎПҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘pqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar