o‘q
bilan ulashing
1. Yoyga qoʻyib otiladigan, uchi nayzasimon uzun, ingichka tayoqcha; tir.
-
Sadoqdagi oʻq.
-
U kamonga chapdastlik bilan oʻq oʻrnatdi va chopib borayotgan ot ustida nishonga otdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Miltiq, toʻpponcha, pulemyot kabi qurollarga joylab otiladigan kichkina snaryad; patron.
-
Dushman pulemyoti birdan jimib qoldi, oʻqi tugagan pulemyotchi esa qocha boshladi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Oʻq ovoziga odam toʻplanganda, mis koʻza qorni pachaqlanib, tuproqqa agʻnab yotar edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
3. Shunday snaryad, patronning otilgan-da ogʻzidan chiqib uchadigan, moʻljalga yoʻnaltiriladigan qismi (qoʻrgʻoshin, pitra kabi).
-
Oqilxontoʻra Boʻtaboyni moʻljallab otgan oʻq Tillabuvaga tekkan ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ortiq gilam toʻshalgan uyda, oynavand shkaf qarshisiga ayiq terisini yoyib, oʻq teshgan joylarini koʻzdan kechirayotgan edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
4. Minomyot, reaktiv artilleriya va shu kabilar qurollardan otiladigan oʻq-dori; snaryad.
-
Front orqasida oʻra qazib turganda, Mulla Obiddan oʻttiz metrcha nariga bir katta toʻp oʻqi tushib, qattiq tovush chiqarib yorildi. A. Qodiriy, Obid ketmon
o‘q soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻqqa tutmoq
-
har qalay, sen aytganday, granata tashlamabdi-yu, samolyotni oʻqqa tutibdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
dushmanning uchta transportyor yoʻlda daraxt kesayotgan jangchilarni oʻqqa tutib, qaytib keldi. I. Rahim, Chin muhabbat
1. Ikki uchiga gʻildirak oʻrnatiladigan, yogʻoch yoki metalldan yasalgan gʻoʻla.
-
Avtomobilning oʻqi. Tramvayning oʻqi. Oʻq yasamoq.
-
Bir nima desalar, moy surma-sang, aravaning oʻqi ham gʻirchillaydi, deymiz. Mushtum
2. Dastgoh, mashina va shu kabilarning aylanib turadigan oʻqsimon uzun qismi.
-
Ziyobek qandaydir bir oʻlanni xirgoyi qilib, kunjaraning chetini sindirib, oʻq tagiga tashlaydi. N. Fozilov, Diydor
-
Vishkaning tepasidagi pishangning oʻqi sal qiyshayib qolgan ekan. P. Qodirov, Erk
3. Biror jism yoki fazoning markazidan oʻtadi, deb faraz qilinadigan toʻgʻri chiziq.
-
Aylanish oʻqi. Simmetriya oʻqi. Yer oʻz oʻqi atrofida aylanadi.
-
planning bosh oʻqi shaharning shimolidan janubiga qarab adil oʻtkazilgan. T. Joʻrayev, Ulugʻ Xitoyda
O‘Q so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘q so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar