shamollat
bilan ulashing
1. Shamollamoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Qumrioy, Gʻani otaga ayting, Toʻlqinni olib kelsin, shamollatib qoʻymasin. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Biror joyning havosini yangilamoq.
-
Bugun ertaroq qaytdi. Kun boʻyi issiq qamalib, dimiqib qolgan xonani shamollatish uchun derazalarni ochib yubordi. J. Abdullaxonov, Xonadon
3. Toza havo, shamolda tutib, gard-gʻubor va shu kabilardan xoli qilmoq.
-
Xafa boʻlma, har zamon kelib, shamollatib turmasam, chirib, irib ketasan. A. Qahhor, Asarlar
-
Har kuni roʻmolni yechib [boshimizni] ikki soat-ikki soat shamollatib yuramiz. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Bahorda, issiq kunlarda ularni dorga yoyib tashlar, shamollatardi. R. Fayziy, Hazrati inson
SHAMOLLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАМОЛЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shamollat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar