shamol
bilan ulashing
Havoning yer sathi boʻylab (gorizontal) harakati.
-
Yoqimli shamol. Sovuq shamol. Qattiq shamol turdi. Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr. Maqol
-
Shamol boʻlmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Maqol
-
Ochiq derazadan kirgan mayin shamol qizning ikki tola sochini boʻyniga, tomogʻining tagiga tegizib oʻynardi. S. Ahmad, Bosh ogʻrigʻi
shamol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻkragiga shamol tegmoq
-
Sharoitlar yaxshilanib, oddiy xalqning ham koʻkragiga shamol tegdi.
Shamolga uchmoq (yoki ketmoq)
-
Ozgina yanglishsangiz ham, hamma qilganlaringiz shamolga uchadir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sultonali qilgan harakatlarining shamolga ketganini xotirladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Shamolga qarshi tupurmoq
-
Bu bola xonning qamchisidan hayiqmadi muttasil shamolga qarshi tupuradi. S. Siyoyev, Avaz
Shamolni ravo koʻrmaydi
-
Otasi rahmatli, qariganimda koʻrgan bolam, deb shamolni ravo koʻrmagan bolasiga! Sharq yulduzi
Qanday (yoki qaysi) shamol uchirdi?
-
Darvozani Nuriddinning xotini Halovat ochdi: — E, keling, Nabijon aka, qanday shamol uchirdi? O. Husanov, Doʻstlar
-
E, qadamlariga hasanot qaysi shamol uchirdi?! Mushtum
SHAMOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАМОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shamol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar