shama
bilan ulashing
Damlab ichilgan choyning idish tagida choʻkib qolgan qismi.
-
Choynakka shama toʻlib qolibdi.
-
— Samovarchilik oʻlgudek mayda ish. Suv olib kel, oʻtin yor, ogʻiz-burning kulga toʻlib puflab, choʻp tiqib tur, piyola,art, shamani toʻk — dedi samovarchi. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
-
Rixsi bir qoʻlida shamasidan suv silqib yotgan choynakni ushlaganicha, titrab oʻrtada turardi. S. Zunnunova, Gulxan
Biror narsaga ishora tarzidagi soʻz, gap; zamirida biror maʼno boʻladigan gap.
-
Bu shamalarni Oʻlmasoy sezadimi-sezmaydimi, bilish qiyin, ammo Abdukarim aslo fahmlamaydi. R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
-
Yigit shamani tushundi. Yuziga sezilar-sezilmas qizil yugurdi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
shama soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shama qilmoq
-
Ovqatdan keyin sekin shama qilib koʻrgan edim, Ha endi, ot bilan tuya boʻlardimi, deb qoldi. T. Alimov, Jonim hiqildogʻimga keldi
-
Yoʻldosh avvaliga beparvogina tingladi. Keyin diqqat qilsa, Murzin nimagadir shama qilyapti. Shuhrat, Shinelli yillar
SHAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar