shalvira
bilan ulashing
1. Osilib turmoq, boʻshashib, solqi boʻlib qolmoq.
-
Cholning koʻzlari qaʼriga tortgan, qovoqlari shalvirab osilib tushgan edi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Mashinadan Tushib qaradim. — Ballon lattadek shalvirab qolibdi, — dedi Botir. Oʻ. Hoshimov, Choʻl havosi
-
Butun yuzi quloqlarigacha koʻkarib, qoʻllari yoniga shalvirab tushgan Pismiq oʻlim tusiga kirib bordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. koʻchma Majolsizlanmoq, boʻshashmoq, lanj boʻlmoq.
-
Issiqdan shalvirab ketyapman.
-
U, qorongʻi kechada, yot ellarda yoʻldan adashib, qayoqqa borishini bilmay, umid-sizlikka tushgan kishiday shalviradi. A. Qahhor, Sarob
-
Mirsalim turgan yerida shalvirab qola berdi. Uning qimirlashga madori yoʻq edi. Shuhrat, Oltin zanglamas
3. koʻchma Lapashanglik qilmoq; sustkash-lik qilmoq, imillamoq, boʻshashmoq.
-
— Bara kalla, hali ham shalvirab yuribsanmi? — dedi tana qilib Toshpoʻlat Oʻtbosarga. Gʻayratiy, Epchil kuyov
SHALVIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЛВИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shalvira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar