sham
bilan ulashing
1. Toʻngadigan yoki quyuqlashgan yogʻdan oʻrtasiga pilik qoʻyib yasalgan tayoqchasimon chiroq.
-
Sham qoldigʻi. Shamni yoqmoq.
-
Qumri tokchadagi shamni oʻchirdi. Uy qorongʻilandi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Tanish koshonaning behisob shamlar zoʻrgʻa yoritgan tor va uzun yoʻlaklari kimsasiz edi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
2. esk. fiz. Yorugʻlik kuchining oʻlchov birligi.
-
Kuchi yuz sham boʻlgan lampochka.
sham soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sham puli
-
Yormat bilan Gulsumbibi Gulnorning qabriga borishdi. Olib kelingan osh-nonni va sham pulini goʻrkovga topshirib qaytishdi Oybek, Tanlangan asarlar
Shamday qotmoq
-
Masterskoy bitguncha, ochlikdan tirishib, sovuqda shamday qotadiganga oʻxshaymiz. A. Muhiddin, Hadya
-
Sohib qorining hozirgi chimchilashi bir ozdan keyingi katta kaltakning shabadasi edi. Shuning uchun Xolida bisot sandigʻi oldida shamdek qotib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
Shami soʻnmoq (yoki oʻchmoq)
-
Hamid Olimjonning hayot shami kutilmagan bir paytda soʻndi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Umiding shami oʻchib, yoʻllarda tolding. Gʻayratiy
SHAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sham so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar