shaltoq
bilan ulashing
1. Siydik aralash goʻng, balchiq.
-
Molxona shaltogʻi.
-
Ozgʻin, qornidagi shaltogʻi qotib yotgan eshakka qaragan edi. Yoshlik
2. Shunday narsa va loy kabilar bilan ifloslangan; iflos, isqirt.
-
Bola tangani shaltoq qoʻlida mahkam qisganicha, koʻchani changitib arava orqasidan chopadi. Gazetadan
-
Mashina oʻtganda, devorlar loy, suv sachrayverib, shaltoq boʻlib ketgan. E. Usmonov, Yolqin
3. koʻchma Umuman, iflos, yaramas narsa, gap-soʻz va shu kabilar
-
Ustma-ust yogʻilayotgan shaltoq qancha jirkanch boʻlsa ham, Gʻulomjon oʻzini bosdi M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Birovning shaltogʻiga botib, juvonmarg boʻlib ketmasam, deb qoʻrqaman. S. Ahmad, Hukm
4. koʻchma Ozodalikka rioya qilmaydigan, iflos ish tutadigan; ivirsiq, isqirt.
-
Bir shaltoqning ishini yigirma etil eplay olmasalan Maqol
-
Oʻsha chinoqboyni direktor qilib boʻlarmishmi avval oʻzini eplab olsin, yoqasining kirini koʻrganmisan? Xotini ham oʻlguday shaltoq. Mirmuhsin, Koʻrinmas halqa
shaltoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shaltoq otmoq
-
Sening, ayniqsa, raisimiz Obid ketmonga shaltoq otmoq uchun payt qidirganingni ham bilaman. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Siz bularga qoʻy, moy keltirasiz. Bular boʻlsa, ketingizdan shaltoq otadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
SHALTOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЛТОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaltoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar