oyna
bilan ulashing
1. Odatda deraza, eshik koʻzlariga oʻrnatish uchun ishlatiladigan yassi shisha.
-
Bir taxta oyna. Deraza oynasi. Oyna zavodi. Oyna sinigʻi. Oyna kesmoq.
-
Tumanlangan deraza oynalarida yirik qor parchalari oq kapalakday koʻrinadi. Oybek,Tanlangan asarlar
2. so‘zlashuv tili Deraza.
-
— Qor-ku mayli-ya, boʻroniga nima bor, — dedi blindaj oynasidan qarab turgan Normat. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Ikki tomon togʻ — dedi Hafiza mashina oynasidan baland togʻlarga agʻrayib, — muncha chiroyli! Mirmuhsin, Umid
3. Qarshisidagi narsalarni aks ettiradigan, odatda kishi oʻz aksini koʻradigan, orqasi sirlangan maxsus shisha; koʻzgu.
-
Basharang qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama. Maqol
-
Dahlizdagi oyna oldida sochlarini tarayotgan Xolisa ularga soxta jahl aralash gʻurur va bir oz mehr bilan kinoya qildi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
[Zebo] Oynaga qarab, oʻzini tuzatdi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. koʻchma Biror holatni, hodisani aks ettirib yoki yoritib turgan narsa; koʻzgu.
-
Doʻst doʻstning oynasidir. Maqol
-
Kundalik daftar — maktab bolasining xulq-atvorini, olgan baholarini ravshan koʻrsatib turadigan tiniq oyna. M. Ismoiliy, Bizning roman
5. so‘zlashuv tili Koʻzoynak.
-
Oyna ortidan tikilib turgan bir juft oʻtli koʻz uning ongiga anchadan keyin yetdi. P. Qodirov, Uch ildiz
oyna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oy(i)nayi jahon
-
Ilgari bolalar orzu qilardi. Boʻlsa deb oʻylardi oynayi jahon. F. Yoʻldosheva;
-
Xayriyatki, oynayi jahonimizning ayrim rahbarlari ijodkor xalqimizning ongi va tafakkurini koʻtarish, saviyasini oshirish zaruratini yaxshi tushunadilar. Gazetadan
-
Tantanalar oynayi jahon orqali namoyish etildi. Gazetadan
Oʻzini oynaga solmoq
-
Qiz oʻzini oynaga soldi. Sharq yulduzi
OYNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЙНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oyna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar