oylik
bilan ulashing
1. Oy mobaynida davom etadigan.
-
Bir oylik otpuska. Toʻqqiz oylik yoʻl.
2. Bir oyga moʻljallangan.
-
Oylik reja.
-
Qoʻshchinor toʻgʻon uchastkasida ikki oylik ish qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Har oyda chiqadigan.
-
Oylik jurnal.
4. Oyiga toʻlgan, maʼlum bir (muddat) oy yashagan.
-
Bir oylik qoʻzi. Ikki oylik bola.
5. Bir oy mobaynida qilingan mehnat uchun tegadigan haq, maosh.
-
Necha pul oylik olasiz?
-
Boks toʻgaragining treneri sifatida u bekorga oylik olyaptimi? A. Obid-jon, Akang qaragʻay Gulmat
6. Biror ijtimoiy ishni bajarish, tadbir oʻtkazish uchun belgilangan bir oy muddat.
-
Kitob oyligi. Shaharni obodonlashtirish oyligi.
OYLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЙЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oylik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar