oyimtilla
bilan ulashing
1. Mehnatga tobi yoʻq, qoʻlini sovuq suvga urmaydigan ayol; oqsuyak ayol.
-
Oyimtilla bu kelin, Ahvoliga bir qarang, Tirnoq qizil, lab qizil, Oʻsmadan qoshlar tarang. Gʻ, Komilov
-
[Hayotxon:] Unga men emas, oyimtilla boʻlib, uyda oʻtiradigan xotin kerak-da. R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
2. Yengiltak, tannoz ayol.
-
— Bu oyimtilla toza yengiltak ekan-ku, — dedi oʻziga-oʻzi Qumri. Mirmuhsin, Ajrim
3. kest. Soyaparvar, ish yoqmas, xotinchalish erkak.
-
Oʻsha oyimtillalarning ishini qilolmaydi deb oʻylaysizmi, narximizni koʻpam yerga uravermang. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
OYIMTILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЙИМТИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oyimtilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar