sep
bilan ulashing
1. Sochmoq, purkamoq, sachratmoq (suyuqliklar haqida).
-
Har oqshom ayasi hovliga koʻloblatib suv separdi. Keyin rayhon isi bilan oʻtkir tuproq hidi butun hovlini tutib ketardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Usta vishillatib atir sepgach, mijozining yuzini yelpib, soʻng artib qoʻyadi. E. Raimov, Ajab qishloq
2. Bir tekisda sochmoq (kukun holidagi narsalar haqida).
-
Chuchvaraga murch sepmoq. Goʻshtga tuz sepmoq.
-
Xolnisa yoziq xamirga bir oz urvoq sepdi-da, oʻqlogʻini aylantirib, yana yoyishda davom etdi. S. Nurov, Narvon
-
Bu odam shoshmasdan tuxumni archidi, hafsala bilan tuz sepib, ogʻziga soldi A. Qahhor, Asarlar
3. q.x. Bir tekisda tarqatib sochmoq; ekmoq (don-dun, urugʻ, oʻgʻit va shu kabilar haqida).
-
Mehnat qilmay rohat koʻrmas, urugʻ sepmay ekin oʻrmas. Maqol
-
— Hoy chol, manavi yer oʻlgur shunday yotmasin Ozgina sabzi urugʻi sepib qoʻysangiz-chi? — dedi Toʻxtabuvi. E. Raimov, Ajab qishloq
4. koʻchma Tarqatmoq, sochmoq.
-
Yogʻdu sepmoq.
-
Kechaning oltin chechaklari ogʻochlar orasidan nur sepadi. Uygʻun, Asarlar
-
Keng, tekis koʻchaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar
sep soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suv sepganday (yoki quyganday)
-
Hamma yoq suv sepganday.
-
Suv sepganday jimjit. Onda-sonda poliz atrofidan bedananing shirali ovozi keladi. I. Rahim, Chin muhabbat
Suv sepmoq
-
Gapga xotima bermay, boshqa taraflardan ham kamchiliklar topib, asosli suratda qutidorning Otabekka tomon haroratlanayozgan yuragiga suv sepmoqchi boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Jiringlagan telefon alanga ola boshlagan munozara oloviga suv sepdi. Gazetadan
-
Birinchi muhabbat alangasiga suv sepgan beburd, yolgʻonchi qizni [Haydar] shu tobda achchiq, alamli soʻzlar bilan chaqib olgisi kelardi. S. Ahmad, Oydin kechalar
Yarasiga tuz sepmoq
-
Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning yarasiga tuz sepmasang, yurak-bagʻrini qon qilmasang, dadang keltirgan xabarni aytaman. Oybek, Tanlangan asarlar
Urugʻini sepmoq
-
Yaxshilik urugʻini sepmoq.
-
Nizomulmuluk fitna urugʻini uzoqni moʻljallab, juda maxfiy sepmoqda. Oybek, Navoiy
Oʻtga (yoki olovga) kerosin sepmoq
-
Qodirqul turqini buzmay, yana Hasan akaning oʻtiga kerosin sepdi. A. Muhiddin, Inson qalbi otash
SEP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sep so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar