shalpay
bilan ulashing
1. Issiq yoki qattiq sovuq taʼsirida tarangligini, tiriklik holatini yoʻqotmoq; soʻlimoq (oʻsimlik haqida).
-
Kun issiq, daraxtlarning barglari ham shalpayib qolgan. Gazetadan
2. koʻchma Holsizlanib boʻshashmoq, majolsiz, harakatsiz holatda boʻlmoq.
-
Ertalabki gimnastika shalpayish va qotib qolganlikni yoʻqotadi. Gazetadan
-
Tursang-chi, buncha shalpayasan. H. Shams, Dushman
3. koʻchma Hafsalasi pir boʻlmoq, boʻshashmoq; xomush boʻlib qolmoq.
-
U [rais] minbardan shalpayib tushdi, boya oʻtirgan qatoriga emas, orqaroqqa, panaroqqa borib oʻtirdi. Mushtum
4. Uddasiz, xatti-harakatsiz boʻlmoq; shalviramoq.
-
Bechora-yey, anavi bola muncha ammamning buzogʻidan shalpaygan ekan. E. Raimov, Ajab qishloq
SHALPAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЛПАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shalpay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar