shaloq
bilan ulashing
1. Qismlari eskirib, boʻshashib, futurdan ketgan; buzuq.
-
Shaloq arava. Shaloq mashina,
-
Chiroqni topdi, uni yoqib, kichkina shaloq xontaxta ustiga qoʻydi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
2. koʻchma Holdan toygan, charchagan; ezilgan.
-
Aʼzoyi badanim goʻyo birov kaltaklab tashlagandek shaloq. Mushtum
3. Axloqi buzuq, bezori.
-
Shaloq odam. Shaloq xotin.
-
— Xafa boʻlmang, singlim,—
-
yupatdi mudira. — Unaqa shaloq erning boridan yoʻgʻi! S. Anorboyev, Mehr
4. Axloq doirasidan tashqari; axloqsiz, uyatli, buzuq.
-
Boqi aka eng shaloq soʻzlar bilan soʻkingancha, Haydarga tashlandi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Bir toʻda odamlar bir dasta aksiyani changallaganlaricha, u yoq-bu yoqqa chopishar bir-birlarini shaloq gaplar bilan soʻkishar, ovozlari boʻgʻilguncha baqirishardi. Yo. Xaimov, M. Rahmonov, Hayot-mamot
-
U bolaligidan boshlab shaloq yurishlar haqida koʻp eshitgan P. Qodirov, Uch ildiz
shaloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shalogʻi chiqqan
-
— Redaktor shalogʻi chiqib ketgan eski Moskvichini beradigan, men kallayi saharlab Jarquduqqa joʻnaydigan boʻldim, — dedi Uchqun. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
Ogʻzi shaloq
-
Uning ogʻzi shunaqa shaloq, bodi kirib, shodi chiqaveradi. O. Husanov, Toshga suv sepsang
-
Lekin narigisi kassadan kelgandan beri ogʻzini shaloq qilib soʻkingani-soʻkingan. A. Muxtor, Tugʻilish
SHALOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar