sabil
bilan ulashing
1. Egasiz, qarovchisiz qolgan; egasiz, qarovsiz qolib xarob boʻlgan, ayanchli, achinarli ahvolga tushgan.
-
Sabil boʻldi maning bu oʻsgan joyim, Senga tegsam, qattiq ekan manglayim. Oysuluv
-
Qazingiz sabil qoladigan boʻldi, boyvachcha, kennoyim ertaga tugunchaga solib, turmaga olib bormasalar deb qoʻrqaman. S. Ahmad, Hukm
2. Qurib ketgur, qurgʻur maʼnolarida qoʻllanadi.
-
— Men juda-a charchaganman, bilasiz. Oldin shu sabil buqogʻimni davolatib olsaydim [dedi Xolisa]. S. Nurov, Narvon
-
[Xola:] Bizlardi magazinda boshqa narsa topilmasa ham, aroq deganning keti uzilmaydi, urugʻi koʻpmi sabilni(ng) yoki bulogʻi bormi, haytovur bosilib yotibdi. S. Nurov, Narvon
sabil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Joni sabil
Sabil qolmoq
-
Sabil qolgur bu eshak, — dedi bir oʻtinkash, — chopishga yoʻl bermaydi. S. Ayniy, Qullar
-
— Shunda biz uni, tek tur, sabil qolgur, deya qamchilaymiz [dedi Ziyodulla] T. Murod, Ot kishnagan oqshom
SABIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САБИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sabil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar