saboq
bilan ulashing
1. Dars, mashgʻulot, bilim, fan.
-
Saboq bermoq. Saboq olmoq.
-
Ularning har biri har xil sinf oʻquvchisi boʻlgani holda, bir sinfda oʻtirib saboq olishlari bir-birlariga xalaqit bermaydi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Bundan tashqari, bolalar hisob (toʻrt amal) oʻrganar, mashshoqlik, qoʻshiq aytish boʻyicha ham saboq olar edilar. K. Yashin, Hamza
2. eskirgan Darsda (oʻquvchilarga) beriladigan vazifa, topshiriq.
-
Alisher qoʻl qovushtirib kelib, ustod oldida tiz choʻkdi va sabogʻini oʻqiy boshladi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
3. koʻchma Ibrat, oʻrnak, namuna boʻladigan, hayot tajribasini oshiradigan ish, harakat, voqea-hodisa.
-
[Fazliddin:] Begim sharm-u hayodan sizu bizga saboq berishga qodirlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Qora mavr oʻgʻli — telba Otello Buyuk sadoqatdan bermoqda saboq. X. Davron
-
Boshga tushgan musibat beva uchun saboq boʻldi. Gazetadan
-
Tarix — dono muallim va hikmatli saboq beruvchidir, deydi mutafakkirlar. Gazetadan
saboq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarix saboqlari
SABOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САБОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
saboq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar