sababli
bilan ulashing
1. Biror hodisa, holat taʼsirida yuz bergan, biror sababga asoslangan.
-
U kishining kechikishi sababli.
-
Endi kundosh bilan uch-toʻrt kun apoq-chapoq boʻlib, ogʻiz-burun oʻpishganday boʻlar, lekin yana uch-toʻrt kun sababli-sababsiz sira gaplashmay, teskari burilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. aynan Sababiy.
-
Sababli bogʻlanish.
3. koʻm. (bosh kelishik bilan) Uchun, tufayli, oqibatida, sababdan.
-
Podshoning xastaligi sababli mamlakatda toʻyu maʼraka, bazmlar toʻxtatilgan. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Havo haroratining yuqori boʻlishi sababli tutlarda yon shoxlarning jadal oʻsishi va barglar sonining koʻpayishi sodir boʻlyapti. Gazetadan
-
Shu sababli kuylab seni umrim kechar. Yo. Mirzo
-
Antibiotiklar mikroorganizmlardan hosil qilinishi sababli qimmatga tushadi. Fan va turmush
SABABLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САБАБЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sababli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar