ufq
bilan ulashing
Ochiq joyda osmon bilan yerning yoki suv sathining koʻz ilgʻagan uzoqlikda oʻzaro tutashganday, yer bilan osmon qoʻshilganday boʻlib koʻringan chizigʻi, qismi; gorizont.
-
Gʻarbiy ufqda samolyotlar paydo boʻldi. Quyosh ufqqa yashirindi.
-
Ufqni oʻz gavdasi bilan toʻsgan past-baland togʻlar qop-qorayib koʻrinadi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Kech kirib, quyosh gʻarbga yonboshlagach, ufq qip-qizil alanga ichida qolganday boʻldi. J. Sharipov, Saodat
-
Endi-endi ufq yorishmoqda. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
UFQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УФҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ufq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar