shalola
bilan ulashing
1. Suvning yuqoridan tik pastlikka shiddat bilan quyilib tushadigan joyi; shunday otilib tushayotgan suv; shovva.
-
Yuqoridan jarlik tubiga otiluvchi shalola sherday oʻkiradi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
2. sheva Daryo, jilgʻa suvlarining toshlarga urilib, shovullab oqadigan joyi.
-
Bogʻ, qoʻrgʻonlar orqada qolgach, Oqsoy boʻyiga chiqiladi. Quloqni bitiruvchi shalola boshlanadi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. tex. Bir daryo oqimida joylashgan va suv sarfi boʻyicha oʻzaro bogʻliq bir necha gidroelektrostansiyadan biri.
-
Beshinchi shalolani Abdusamat aka oʻz kolxozchilari bilan qurmoqda. Y. Shamsharov, Toshqin
SHALOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЛОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHALOLA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHALOLA so‘ziga berilgan ma’nolar
shalola so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shalola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing