shaldirama
bilan ulashing
1. Egilganda, bukilganda shaldiraydigan; yangi.
-
Shoir bir taxta shaldirama qogʻoz olib, ochiq, qalin kitob ustiga qoʻydi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Oʻrtada pul xirmonday uyilgan. Oqpodshoning surati tushgan nuqul shaldirama qogʻozlar-a Qarasam, koʻzimdan olov chiqib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shaldirab oqadigan.
-
Tikka togʻ duch kelsa oʻtib, shaldirama soy toʻgʻri kelganda kechib oʻz suruvini salobatli sarkardaday vazminlik bilan ergashtirib ketaveradigan bu koʻk serka oʻzgarib qolgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
SHALDIRAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЛДИРАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaldirama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar