vaqf
bilan ulashing
1. tarixiy 1 Mulkdor shaxslar yoki davlat tomonidan diniy muassasa ixtiyoriga daromadidan foydalanib turish, ammo oʻzini sotmaslik sharti bilan oʻtkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan mulk (yer-suv, maktab, shifoxona, uy-joy, doʻkon va shu kabilar).
-
Madrasayi oliyaning uch yuz oltmishta vaqf doʻkonidan ijara haqiga oltinlar oqib turardi. K. Yashin, Hamza
-
Valixon madrasada diniy taʼlim olib, mudarris boʻlib chiqqanda, otasi uni son-sanoqsiz vaqf mulklariga ega qilishni niyat qilgandi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. Soʻzlash paytida, Qurʼon suralarini oʻqiyotganda (har bir oyat oxirida) toʻxtash.
3. Musiqa asarlarini ijro etish paytidagi tinim, kichik pauza.
VAQF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҚФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vaqf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar