vanna
bilan ulashing
1. Choʻmilish, yuvinish uchun yasalgan katta uzunchoq tos, idish.
-
Sirlangan vanna. Vannada choʻmilmoq.
-
Nam sochining yiltillab turishi qizning hozirgina vannadan chiqib kelganligidan dalolat berardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. tex. Har xil eritma, suyuqlik va shu kabilarni solish yoki turli jarayonlarni olib borish uchun foydalaniladigan maxsus idish.
-
Remont olib borilayotgan yopiq maydoncha bu ishga mutlaqo moslashtirilmagan: bu yerda verstaklar, vannalar yoʻq. Gazetadan
3. Gigiyena va profilaktika maqsadida suv, balchiq, havo yoki oftob taʼsir ettirish yoʻli bilan amalga oshiriladigan muolajalar; davolash (davolanish)ning shunday vositasi.
-
Quyosh vannasi. Havo vannasi.
-
Yoz oylarida bu yerda [Chimyon suvida] har kuni bemorlar ikki yuzga yaqin vanna olishadi. M. Mansurov, Chimyon suvi
-
Sovuq paytda — issiq, issiqda — sovuq suvli oyoq vannasi qabul qilinadi. Fan va turmush
-
Turli xil davolash vannalari bemorlarning sogʻligʻini yaxshilashda katta rol oʻynamoqda. Gazetadan
VANNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАННА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vanna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar