vaqilla
bilan ulashing
1. Vaq-vaq degan tovush chiqarmoq (qurbaqa haqida).
-
Hovuzda qurbaqa vaqillaydi, nodon — davrada. Maqol
-
Olisdagi zovurda yolgʻiz baqa ahyon-ahyonda vaqillab, sheriklarini bazmga chorlaydi. Guldasta
2. koʻchma Boʻlar-boʻlmas, bemaʼni gaplar gapirmoq; valaqlamoq.
-
Koʻp vaqillayverma! Koʻrib turibsan-ku, bola esini tanib olsin-chi B. Rahmonov, Yurak sirlari
-
— Bas, koʻp vaqillama! — dedi maxdum qoʻl siltab. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Vaq-vuq va shunga yaqin tovush chiqarmoq (oqayotgan yoki qaynayotgan suv haqida).
-
Gulxanning oldida qora qumgʻonlar vaqillab qaynamoqda. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
VAQILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҚИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vaqilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar