bosil
bilan ulashing
1. Bosmoq 1—7, 10—13, 16—17, 21, 24 feʼllarining majhul nisbati.
-
Tepki bosildi. Ming kilometr yoʻl bosildi. Maqola bosilib chiqdi. Ogʻir bosilguncha, yengil koʻtarilar. Maqol
-
Qingʻir-qiyshiq sertuproq koʻchaning har yer-har yerida pastak, tomiga pichan, beda bosilgan uylar. S. Ahmad, Hukm
-
E, ungacha urush ham bosiladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
— Oʻltiring, oʻltiring, mehmon! — dedi usta Farfi, — oshga sabzi bosildi-pishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uch oydan soʻng roman Yolqin jurnalida bosila boshladi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Isfandiyorning muhri bosilgan qogʻoz tasir qildimi, olomonning shashti pasaydi. S. Siyoyev, Avaz
-
Sultonmurod qaynagan olomon ichida turtki yeb, bosilib, ezilib, uzoq yurdi. Oybek, Navoiy
2. Bosmoq 5, 16—17, 23 feʼllarining oʻzlik nisbati.
-
Ogʻriq bosildi. Oyogʻimning qaltirogʻi endi bosildi.
-
Bosh ogʻrigingiz bosilmasa, bir-ikki kun ishga chiqmasangiz ham mayli. S. Ahmad, Saylanma
-
Dahlizda bir piyola sovuq suv ichdi. Yuragi kuygani bosilmadi shekilli, yana quymoqchi boʻldi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Toʻzon bosilar-bosilmas, bir eshikdan ketmon, choʻkich, bolta koʻtargan kishilar chiqib qolish-di. Guldasta
-
-Bilmadim-bilmadim,— deb qoʻydi doktor hamon taajjubi bosilmay. K. Yashin, Hamza
-
Gʻovur bosildi. Bir lahza jimlikdan soʻng, kulgi koʻtarildi. A. Qahhor, Asarlar
-
— Koʻnglingiz bosildimi? — Kumush javob oʻrnida yostiqdan qoʻzgʻaldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Yoʻtalim bosildi, oyi, — dedi Poʻlat Xayrini yupatib. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
3. koʻchma Tartibga tushmoq, sipolashib qolmoq, vazminlashmoq, quyilmoq, tiyilmoq.
-
— Ancha bosilib qolgan, hayotiga qaytgan yigitimiz shu boʻladi, — dedi Ismoil, Gazetadan
BOSIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar